Xush kelibsiz


Bizning Red Apple kompaniyamiz 2015 yildan buyon quyosh energiyasidan suvni isituvchi panellar (QESIP) va issiq suv yig‘uvchi baklar ishlab chiqaradi. Barcha turdagi QESIP lar, hamda 200 litr hajmli suv yig‘uvchi baklarni tayyor komplekt holatida va alohida sotish imkoniyati mavjud. Biz suv isitish uchun taklif qilayotgan yechim arzon narxi, hamda kam resurs talab qilishi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot 92% mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilsa, ishlab chiqarish jarayoni 95% kompaniyamiz sexlarida amalga oshiriladi. Aynan ishlab chiqarish jarayonini mahalliylashtirishga erishganimiz tufayli, Siz uchun mahsulotimizni arzonlashtirilgan narxda etkazib berish imkoniyati mavjud.

BIZ TAKLIF QILAYOTGAN MAXSULOTLAR

Quyosh energiyasidan suvni isituvchi panellar

Quyosh energiyasidan suv isituvchi panel-kollektorlardan bosimli va bosimsiz issiq suv ta‘minoti tizimlarida (vanna, oshxona), hamda gibrid isitish sistemalarida qo‘shimcha isitish kollektorlari sifatida foydalanish mumkin.

batafsil ma’lumot…
Suv yig‘uvchi baklar

Suv yig‘uvchi baklar issiqlikni jamlovchi sig‘im sifatida va isitilgan suvni ma’lum darajada ushlab turish uchun qo‘llaniladi. Baklar misdan tayyorlangan zmeevik va zmeekviksiz sotiladi.

batafsil ma’lumot…